
Musiala: "Stadiondagi muhit g‘alaba qozonishimizni qiyinlashtirdi"
Musiala "Bavariya"ning g‘alabasi haqida gapirdi.
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Jamal Musiala UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Turkiyaning "Galatasaray" klubiga qarshi safarda (3:1) kechgan uchrashuvdan so‘ng OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu biz uchun juda muhim natija. Stadiondagi muhit g‘alaba qozonishimizni qiyinlashtirdi. Muxlislar o‘z jamoasini oldinga boshlagani sezilib turardi. Raqib yaxshi boshladi, ammo darvozabonimiz ishonchli edi. Shundan so‘ng biz kuchliroq o‘ynay boshladik. Har doim ham o‘z futbolingni ko‘rsatishning iloji yo‘q, lekin asosiysi - uch ochko", - dedi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 3 tur natijasiga ko‘ra myunxenliklar to‘qqiz ochko bilan "A" guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar